Toyloqda noqonuniy yer o‘zlashtirgan 5 nafar fuqaroga jarima belgilandi
- 21.09.2020 19:50
- 262
- Iqtisodiyot
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Toyloq tumani bo‘limi tomonidan yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha monitoring-tahlillar o‘tkazildi.
O‘rganishlarda Xo‘jayuz mahallasida yashovchi besh nafar fuqaro “Musoxon Ziyoxon” fermer xo‘jaligidan 0,31 gektar sug‘oriladigan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy ravishda uy-joy qurib, yer maydonini qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarishi oqibatida davlatga jami 31 million 485 ming 464 so‘m zarar yetkazilgani aniqlanib, sudga da’vo arizasi kiritildi.
Toyloq tumanlararo fuqarolik sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra, javobgarlar hisobidan davlat foydasiga 31 million 485 ming 464 ming so‘m yetkazilgan zarar hamda davlat foydasiga 1 million 349 ming 212 so‘m davlat boji undirilishi belgilandi.
Agronspeksiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 3 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand