Toyloqliklarga davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Toyloq tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi O‘ray-Elipok mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

Tadbir joriy yilning 9 noyabr kuni soat 09:00 dan soat 14:00 ga qadar  O‘ray-Elipok MFYda o‘tkaziladi.

Sayyor xizmatlar davomida:

-  elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash, elektr ta’minoti shartnomasini tuzish;

-  fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish;

-  tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;

- jismoniy shaxslarning soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.

- jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (STIR) olish;

- davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga ariza olish va joylashtirish uchun yo‘llanmalar berish kabi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

Toyloq tumani Davlat xizmatlari markazi.