Tramp AQSh prezidentligiga nomzodlikka ariza topshirdi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun o‘z nomzodini ilgari surayotganini tasdiqlovchi hujjatlarni topshirdi, deb xabar berdi CNN.

Keyinroq Tramp 2024 yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi: "Bugun men Qo‘shma Shtatlar prezidentligiga nomzodimni e’lon qilaman", dedi AQShning sobiq prezidenti Floridadagi Mar-a-Lagoda qarorgohida so‘zlagan nutqida.

CNN ta’kidlashicha, "Trampning Oval kabinetga qaytish harakati yaqin oylarda son-sanoqsiz to‘siqlarga duch kelishi mumkin. Xususan, Tramp respublikachilar Senat ustidan nazoratni tiklay olmagan oraliq saylovlardagi muvaffaqiyatsizliklarda ayblanmoqda.

“O‘ylashimcha, bizda tarixiy imkoniyat bo‘ldi va Trampning saylana olmagan nomzodlarni o‘z safiga qo‘shib olishi bizni bu imkoniyatdan mahrum qildi”, dedi respublikachi faxriy strateg Skott Rid.

Tramp esa saylov natijalaridan mamnun ekanligini ochiqchasiga ta’kidladi: “Kechagi saylov qaysidir ma’noda muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa-da, mening shaxsiy nuqtai nazarimda bu juda katta g‘alaba bo‘ldi”, deb yozdi u o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida.