Tramp AQShda avj olgan tartibsizliklarni bartaraf etishning yagona yo‘li haqida aytdi
- 01.09.2020 07:46
- 254
- Xorij
Bu haqda u o‘zining Tvitter sahifasida yozdi.
“Demokratlar tomonidan boshqarilayotgan jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan shaharlardagi zo‘ravonliklarni to‘xtatishning yagona yo‘li - bu kuch”, deb yozdi Tramp.
Bundan tashqari, Oq uy rahbari yana bir bor Portlend meri Ted Uilerni qattiq tanqid qildi va uni “o‘z shahrining vayron bo‘lishi va qurbonlar soni ko‘lamini jim kuzatib turgan telba, radikal demokrat”, deb atadi.
Joriy yilning may oyida AQShning Minneapolis shtatida, politsiyachi qo‘lida jon bergan afroamerikalik Jorj Floyd o‘limidan so‘ng AQSh va boshqa mamlakatlarning yirik shaharlarida ommaviy namoyishlar boshlandi va bugungi kunga qadar davom etmoqda. Ba’zi joylarda namoyishlar ommaviy tartibsizlik va qonunbuzarliklar bilan o‘tmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa