Tramp AQShdagi ommaviy o‘qqa tutishlar ruhiy xastaliklar oqibati deb hisoblamoqda

AQShda ommaviy o‘qqa tutish holatlari ruhiy xastalik muammosi bilan bog‘liq. Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp e’lon qildi, deb yozadi RIA Novosti WHIOga tayanib.   

Oq uy rahbari o‘qqa tutganlarni “judayam jiddiy ruhiy kasal” – deya e’tirof etdi. U ommaviy o‘qqa tutish holatlari yillar o‘tgan sari o‘z yechimini topmayotganini va buni to‘xtatish zarur ekanligini  qo‘shimcha qildi.  

AQShda o‘tgan 24 soat ichida uchta shunday holat qayd etildi. Dastlab, Texas shtatining El-Paso shaharchasidagi Walmart savdo markaziga uyushtirilgan hujum natijasida 20 nafar odam qurbon bo‘ldi, 26 kishi jarohat oldi.

Odamlarni o‘qqa tutgan yigit qo‘lga olingan: u 21 yoshli oq tanli amerikalik Patrik Kruzios bo‘lib chiqdi. Hujum uyushtirgunga qadar u mart oyida Yangi Zelandiyadagi machitda sodir etilgan terrorni qo‘llashi haqida va muhojirlar tufayli AQSh ma’daniyati va moliyasi aziyat chekayotganini bayon etib, Twitterda manifest  e’lon qilgan.   

Undan keyin Deytoneda (Ogayo shtati) otishma sodir bo‘ldi, 9 nafar odam halok bo‘ldi, hujum uyushtirgan ham shu qatorda, 26 kishi jarohatlandi. Hujum uyushtirgan 24 yoshli Konnor Bettsa edi. Halok bo‘lganlar orasida uning opasi ham bo‘lgan.

Uchinchi holat Chikagoda bolalar maydonchasida sodir bo‘lgan, oqibatda yetti nafar odam jarohat olgan. Qora Chevrolet Camaro avtomobilida harakatlangan jinoyatchini qo‘lga olinganligi haqida hech qanaqa xabar berilmadi.