Tramp demokratlarni kommunizmga o‘tish istagida aybladi
AQSh prezidenti bu fikrini Jorjiya shtatidagi safdoshlari bilan bo‘lib o‘tgan chiqishida bildirdi, deya yozmoqda RIA novosti.
«Jorjiya saylovchilari farzandlari sotsializm ostida yashaydimi yoki erkin mamlakatda, buni o‘zlari bilishadi. Lekin shunisi aniqki, bu odam (demokratlar)lar kommunistik boshqaruv shakliga o‘tmoqchi», deya ishontirdi safdoshlarini prezident.
Amerika rahbari, shuningdek, demokratlar ovozlarni soxtalashtirganini ta’kidlab, prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lishini yana bir bor ta’kidladi.
Avvalroq Tramp shtabi ovoz berishda firibgarlik holatlariga asoslanib, Jorjiya shtatidagi prezident saylovi natijalarini bekor qilish talab etilib chiqqan.
2020 yil 3 noyabr kuni Qo‘shma Shtatlarda navbatdagi prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ovozlarni hisoblash va ushbu masala yuzasidan sud jarayoni hali ham davom etmoqda. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden g‘alaba qozonish uchun zarur miqdordagi saylovchilar ovoziga ega bo‘lgan va shu tariqa Trampni ortda qoldirgan edi. Demokrat allaqachon o‘zini AQShning saylangan prezidenti deb e’lon qilgan.