Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatdi

AQSh Prezidenti Donald Tramp rasmiy Vashington Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) moliyalashtirishni to‘xtatganini ma’lum qildi.

“Men ular (maxsus komissiya) tezkor harakatlanishdagi va koronavirus tarqalishining oldini olishdagi xatolarni tekshirgunlariga qadar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatdim”, dedi u 15 aprel kuni jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Trampning fikriga ko‘ra, JSST ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmadi. Shuningdek, dunyo jamoatchiligidan haqiqiy ma’lumotlarni yashirdi. JSST o‘zining eng asosiy vazifasi uddasidan chiqa olmadi va shu sababdan javobgarlikka tortilishi zarur.

Oq uy rahbari tashkilotni 2019 yilning dekabr oyida Uxandan kelgan, Xitoy taqdim etgan rasmiy ma’lumotlardan farq qiluvchi, ishonchli ma’lumotlarni yetarlicha tekshirmaganlikda aybladi.

- 2019 yilning dekabr oyida (kasallikni) odamdan odamga yuqishi ehtimoli borligi to‘g‘isida ishonchga loyiq ma’lumot bor edi. Bu holat JSSTni zudlik bilan tekshiruvlar o‘tkazishga undashi lozim edi, - dedi u. -Tashkilotning mas’uliyatsizligi tufayli ko‘p vaqt yo‘qotildi. Agar JSST Xitoyga o‘z vaqtida mutahassislar yuborib, vaziyatni to‘g‘ri baholaganda, virusning avj olishi, ko‘p sonli qurbonlar va iqtisodiy inqirozlarning oldi olinishi mumkin edi.

Amerika va butun dunyo aniq va o‘z vaqtida taqdim etiladigan ma’lumotlar berilishida, sog‘liqni saqlash borasida muhim qarorlar qabul qilinishida, tavsiyalar taqdim etilishida JSSTga ishonch bildirishga qaror qilgan edi. Agar bizning bunga ishonchimiz komil bo‘lmasa, biz ayni vaqtda JSSTga nisbatan shuni his etmoqdamiz. Bizning mamlakat sog‘liqni saqlash sohasidagi maqsadlarga erishish uchun boshqa yo‘llarni izlashga majbur bo‘ldi. Bizning boshqa ilojimiz yo‘q.

Biz ular yetarlicha o‘zgarishlar qila olish yoki qila olmasliklarini kuzatish uchun JSST bilan aloqalarni davom ettiramiz, - deb qo‘shimcha qildi Tramp.