Tramp koronavirusga qarshi emlash rejalarini oshkor qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Twitterdagi sahifasida koronavirusga qarshi hozircha emlanmasligi haqida aytgan.
«Oq uyda ishlaydigan odamlar, agar bunga alohida ehtiyoj bo‘lmasa, vaksinani mamlakat aholisini emlash dasturi doirasida keyinroq olishlari kerak. Men bunga tuzatish kiritdim. Shaxsan o‘zim emlashni rejalashtirmayapman. Lekin uni keyinroq, qulay fursatda, albatta olishni kutaman», deb yozgan u.
Avvalroq, “Thye Washington Post” Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Elliotning ma’lumotini e’lon qildi: "Amerika Qo‘shma shtatlarida birinchi bo‘lib yuqori lavozimli amaldorlarni COVID-19 ga qarshi emlashga qaror qilindi. Ular koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchilardan vaksina olishi zarur bo‘lgan guruh toifasiga kiritilgan", deya ta’kidladi vakil.
Bungacha Bloomberg manbalariga tayanib, AQSh prezidenti Donald Tramp va Amerikaning boshqa yuqori martabali amaldorlariga tez orada koronavirusga qarshi emlash taklif etilishi haqida xabar tarqatgan edi. Gazetaning yozishicha, vaksina tez kunlarda hukumatning uchala tarmog‘i (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud)da mamlakat uchun muhim vazifalarni bajaruvchi mansabdorlarga taqdim etiladi.