Tramp kuchli to‘fon sababli Texas shtatida favqulodda holat e’lon qildi
- 28.07.2020 16:00
- 162
- Xorij
AQSh Prezidenti Donald Tramp “Xanna” to‘foni sababli Texas shtatida favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda Oq uy saytida xabar qilindi.
Tramp to‘fon sababli yuzaga kelgan favqulodda vaziyatga qarshi kurashayotgan mahalliy hukumatga qo‘shimcha federal yordam ajratilishi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berdi.
Biroz ilgari Texas gubernatori Greg Ebbot shtatning 254 okrugidan 32 tasida favqulodda holat e’lon qilgan edi.
“Xanna” – Atlantik okeanidagi dastlabki to‘fon. AQSh to‘fonlarni ko‘zatish milliy markazi 24 iyulga o‘tar kechasi tropik bo‘ron vujudga kelishi haqida ma’lum qildi. Bir kundan so‘ng “Xanna” to‘fon darajasigacha kuchaydi. Uning keyinchalik kuchsizlanganiga qaramasdan, daryolarning qirg‘oqdan toshib chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi xavfi saqlanib turibdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Imtiyozli narxdagi ko‘mir aholiga qay tartibda beriladi?
- 58 daqiqa avval
- Dolzarb