Tramp mudofaa byudjetini blokladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kongressning har ikkala palatasi tomonidan qabul qilingan mamlakat mudofaa byudjetiga veto soldi. Bu haqda «RIA Novosti» Oq uyga manbalariga asoslanib xabar berdi.

«Rezolyusiyani qaytaraman. U milliy xavfsizlikni ta’minlovchi keskin muhim choralarni o‘z ichiga olmagan, faxriylarimiz va harbiy tariximizga hurmat bildirilmagan bandlardan iborat bo‘lib, xorijiy siyosat va milliy xavfsizlik jihatdan Amerika manfaatlari ustunligini ta’minlashda ma’muriyatim urinishlariga ziddir», dedi Amerikaning amaldagi rahbari.

Tramp bir necha bor byudjet loyihasini bloklashga va’da bergan edi. Uning ta’kidlashicha, rezolyusiya qabul qilinishidan Xitoy ko‘proq manfaatdor. Loyihada shuningdek, "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri qurilishiga qarshi sanksiyalar mavjud.

Avvalroq mamlakatda joriy moliyaviy yil uchun 1 oktyabrdan boshlangan mudofaa byudjeti loyihasi AQSh Kongressi tomonidan ma’qullangan edi. U ikkala palatada ham kerakli miqdordagi ovozlarni oldi.

Shuningdek, AQSh prezidentining fikriga ko‘ra, hujjatdagi «xabarlar odobi to‘g‘risida»gi qonunning 230-moddasi bekor qilinishi kerak. Tramp u mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solishiga amin bo‘lmoqda. Ushbu bandga binoan, ma’lum ijtimoiy tarmoq tahrir qilib, foydalanuvchi sharhi uchun javobgarlikni bo‘yniga olmaydi. Tramp va uning ma’muriyati senzura uchun xizmatlarni javobgarlikka tortish tarafdori.