Tramp mulkini tintuv qilishda kamida 100 nafar FBR agenti ishtirok etgan

Avvalroq Tramp uning Mar-a-Lagodagi yer mulki Federal tergov byurosi (FBR) xodimlari tomonidan tintuv qilinganini aytgandi. FBRni Tramp Oq uydan o‘zi bilan olib ketgan hujjatlar qiziqtirganini manbalariga tayanib New York Times ta’kidlamoqda.

Biroq fevral oyida Washington Post gazetasi Milliy arxiv va yozuvlar boshqarmasi xodimlari sobiq prezidentning uy-joy mulkidan Oq uydan olib chiqib ketgan bir necha quti hujjatlarni qaytarib olgani haqida xabar bergan edi.

Manbaga ko‘ra, Trampning uyiga zirhli mashinalar yetib kelgan va kamida 100 nafar FBR agenti Mar-a-Lagoga kirib kelgan.

"Bu joy ko‘pincha yopiq edi, shuning uchun u yerda faqat Trampning eng yaqin do‘stlari bo‘lgan. Xodimlar dahshatga tushishdi", deyilgan nashr manbasida.