Tramp Navalniyning zaharlanishida Rossiyaning aybi hali isbotlanmaganini ta’kidladi

AQSh prezidenti Donald Tramp muxolifatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishida Rossiya hukumatining qo‘li borligini isbotlovchi dalil unda hali mavjud emasligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Bizda hali hech qanday isbot yo‘q. Biroq men (bu masalani) o‘rganib chiqaman. Rossiyaga nisbatan hech kim mendek keskin bo‘lmagan”, dedi Tramp.

Shuningdek, Amerika prezidenti agar bu masalada Rossiyaning qo‘li borligi isbotlansa, “jahli chiqishini” alohida ta’kidladi.