Tramp Rossiya bilan qurol nazorati bo‘yicha bitim tuzishni rejalashtirayotganini bildirdi
AQSh Prezidenti Donald Tramp C-Span telekanali bilan suhbatda, qurollanishni nazorat qilish sohasida Rossiya bilan kelishuvga erishishga umid qilayotganini ta’kidladi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Fikrimcha, biz Rossiya bilan, kelishuvga erishamiz, ushbu kelishuv asosida bizda qurollanishlar ustidan nazorat bo‘ladi”, degan Tramp.
Oldinroq prezidentni milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Djon Bolton, amal qilish muddati 2021 yilda tugaydigan, strategik qurollarni qisqartirish (SQQ-3) shartnomasini uzaytirilishi amri mahol, chunki u kamchiliklardan iborat, deya ta’kidlagan.
SQQ-3 Shartnomasi
SQQ – 3, 2010 yilda imzolangan, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi qurollanishni cheklaydigan yagona amal qilayotgan bitim bo‘lib qolmoqda. Kelishuv 2021 yilning fevraligacha amal qiladi. Hozircha Amerika ma’muriyati, rasmiy Vashington kelishuvni uzaytirish niyati bor-yo‘qligi haqida biron fikr bildirmadi. O‘z navbatida Rossiya bu masalani muhokama qilishga tayyorligini, bir necha marotaba ta’kidladi.
Tramp Rossiya, Xitoy va AQSh o‘rtasidagi uch tomonlama yangi yadroviy bitim ishlab chiqish xohishini bildirdi. Biroq Pekinda, bu taklifni rad etishdi.