Tramp: Ukraina barcha hududini qaytarib olishi mumkin

Kecha Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi doirasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashganidan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp qator bayonotlar bilan chiqdi.
U Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi postida shunday yozdi: “Ukraina Yevroittifoq yordamida Rossiyaga qarshi kurashish va nafaqat o‘zining barcha tarixiy hududlarini qaytarishga qodir, balki bundan ham ortig‘iga erishishi mumkin”.
Tramp shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keng ko‘lamli urush yaqin vaqt ichida tugamasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, Rossiya-Ukraina urushining tugashida hozirgi taraqqiyot shundaki, Rossiya iqtisodiyoti juda yomon ahvolda, Ukraina esa katta armiyani to‘xtatishda juda yaxshi natija ko‘rsatmoqda.
Prezident hamma AQSh Rossiya-Ukraina urushi tezda yakunlanishini bashorat qilganini eslatdi. Ammo janglar uch yildan ortiq vaqtdan beri davom etmoqda va bu “Rossiya uchun yaxshi emas”, dedi u.
Jurnalistlar Putinga bo‘lgan ishonchi haqida savol berganida, Tramp javobni bir oydan keyin berishini bildirdi. U shuningdek, prezidentlikka saylanishidan oldin Rossiya-Ukraina urushini 24 soatda to‘xtatish haqida aytgan va’dasini “kinoya” deb atadi.
Tramp BMT tribunasidan Rossiya Ukraina bilan tinchlikka erishmasa, unga qarshi yangi tariflar joriy etishini aytdi va Yevropa davlatlarini Rossiya uglevodorodlaridan voz kechishga chaqirdi.
Zelenskiy esa BMT Xavfsizlik kengashidagi nutqiga qaraganda, Rossiyani to‘xtatish uchun Xitoyga bosim zarurligi, Xitoysiz Putinning Rossiyasi hech narsa emas deb hisoblaydi. Shunday fikrni Tramp ham bildiradi: Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroning asosiy homiylari bu – Hindiston va Xitoy.
Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng «Fox News»ga bergan intervyusida Ukraina prezidenti Rossiya bilan tinchlik bitimi uchun yerdan voz kechish g‘oyasini rad etdi: «Biz hududlar bilan shunchaki almasha olmaymiz. Bu adolatsiz, bu noto‘g‘ri». Zelenskiy Tramp pozitsiyasi u tomonga o‘zgarganidan mamnun.
BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi 29 sentyabrda yakunlanadi.
OAV xabarlari asosida G.Xoldorova tayyorladi.