Trampga impichment e’lon qilish Vakillar palatasining yalpi majlisida ko‘riladi

AQSh Kongressi Vakillar palatasining protsessual masalalar bo‘yicha qo‘mitasini nazorat qilgan demokratlar bugun, 13 yanvar kuni bo‘ladigan Vakillar palatasining yalpi majlisida prezident Donald Trampga qarshi impichment e’lon qilinishi bo‘yicha muhokamaga kirishadilar, deyiladi qo‘mita bayonotida. Bunga qo‘mitaning 7 a’zosi ovoz berdi, 4 nafari qarshi chiqdi.

Muhokama Amerika vaqti bilan ertalab soat 9:00 (Toshkent vaqtida 19.00) da boshlanishi kutilmoqda.

Respublikachilardan ham Trampga impichment e’lon qilinishiga ovoz beruvchilar bor. Michigan shtatidan respublikachi kongressmen Fred Upton prezident Donald Trampga Senatda impichment e’lon qilish uchun ovoz berishini aytdi.

"Kongress prezident Trampni javobgarlikka tortishi va bizning mamlakatimiz biron bir prezident tomonidan hukumatni bir prezidentdan ikkinchisiga tinch yo‘l bilan o‘tkazilishini oldini olishga qaratilgan har qanday urinishga toqat qila olmaydi va toqat qilmasligini ko‘rsatishi kerak. Shuning uchun men impichment uchun ovoz beraman", deydi Upton bayonotida. U impichmentni qo‘llab-quvvatlagan to‘rtinchi respublikachidir.

Vakillar palatasida demokratlar isyon qo‘zg‘aganlikda ayblab, prezidentga impichment e’lon qilishmoqchi. Shu bilan birga, Trampni lavozimidan chetlashtirish uchun senatorlarning yana uchdan ikki ovozi talab qilinadi va ular hanuzgacha olinmagan.