Trampga qayta saylov o‘tkazishda harbiy kuchdan foydalanish taklif etildi

Donald Trampdan demokrat nomzod Djo Bayden g‘olib chiqqan «ikkilanuvchi» hududlarda qayta saylovlar o‘tkazish uchun harbiy kuchlardan foydalanishni taklif qilishdi. AQShning amaldagi prezidentiga bunday taklifni uning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn berdi. Uning so‘zlarini Daily Beast nashriyoti keltirmoqda.

Flinning aytishicha, Tramp ovoz berish apparatlarini musodara qilishga buyruq berishi mumkin. Siyosatchi saylovdagi mag‘lubiyatini aynan shu qurilmalarning noto‘g‘ri ishidan ko‘rmoqda. "Agar u xohlaganda edi, harbiylarni «ikkilanuvchi» shtatlarga yuborishi va u yerda osongina qayta saylovlar o‘tkazishi mumkin edi", dedi Flinn Newsmaxga.

Uning ta’kidlashicha, prezidentning bunday harakati misli ko‘rilmagan voqea bo‘lmasligi kerak edi. «Odamlar harbiy holat haqida, biz uni hech qachon kiritmagandek gapirishadi. Axir harbiy holat 64 marta joriy qilingan», deb izohladi Flinn.

2020 yil 3 noyabr kuni Qo‘shma shtatlarda navbatdagi prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Bayden g‘alaba qozonish uchun kerakli miqdordagi saylovchilar ovozini to‘plab, amaldagi davlat rahbari Donald Trampdan o‘zib ketdi. Demokrat allaqachon o‘z ma’muriyatida muhim lavozimlarga nomzodlar tayinlay boshladi.