Trampning maslahatchisi Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shib olinishi haqida bayonot berdi
Oq uy Milliy iqtisodiyot kengashining boshlig‘i, Amerika yetakchisi Donald Trampni Daniya hududiga (Grenlandiya) bo‘lgan qiziqishi haqidagi gap so‘zlarga javob berdi.
Lourens Kadlou OAVda tarqalgan, Donald Trampning Grenlandiyaga bo‘lgan qiziqishi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Bu haqida “Rossiyskiy Dialog” TASS bergan ma’lumotga tayanib xabar berdi.
Maslahatchining ta’kidlashicha, AQShning 33–prezidenti Garri Trumen ham o‘z vaqtida Daniyaga tegishli orollarni sotib olish haqida fikr yuritgan. Oq Uy vakilining xabar berishicha, ayni vaqtda vaziyat rivojlanmoqda, Vashington yana ushbu loyihani ko‘rib chiqmoqda.
Biroz ilgari The Wall Street Journal nashri o‘z manbaasiga tayanib, Trampni maslahatchilar bilan Grenlandiyani sotib olish ehtimoli haqidagi suhbati haqida xabar bergandi. Shu bilan birga ayrim maslahatchilar, Amerika yetakchisining fikrini hazil tariqasida qabul qilishgan.
Keyinchalik Daniya mahalliy hukumati Grenlandiya hech kimga sotilmasligini tushuntirib o‘tishdi.