Trampning saylovoldi shtabi rahbarida COVID-19 aniqlandi
- 04.10.2020 08:00
- 88
- Xorij

AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi shtabi rahbari Bill Stepiyen koronavirus infeksiyasi bilan kasallandi. Bu haqda 3 oktyabr kuni Politico nashri xabar berdi.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, Stepiyenga koronavirus tashxisi 2 oktyabr kuni qo‘yilgan. "Unda infeksiyaning gripp kabi yengil belgilari kuzatilmoqda”, deyilgan xabarda.
42 yoshli Stepiyen karantinga olingan, u uyda turib ishlashni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Murojaatchilar e’tirofidagi deputat
- 42 daqiqa avval
- Jamiyat
Rossiya dronlari ilk bor NATO mamlakati hududida
- 43 daqiqa avval
- Xorij
Sog‘lom kishilarni jinnixonaga joylagan haydovchi
- 48 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!