Tug‘ruqxona mudirasi bilan til biriktirgan ayol 35 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘ldi
- 09.12.2019 14:54
- 301
- Jamiyat
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.T. 35 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘ldi, deya xabar qildi "postda.uz".
Shu maqsadda ayol tanishi, Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limi mudirasi N.T. bilan jinoiy til biriktirdi.
Oqibatda tug‘ruqxona bo‘limi mudirasi Qurama mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi uy bekasi M.M. hamda uning turmush o‘rtog‘iga M.T.ning farzandini 500 AQSh dollariga sotmoqchi ekanligini aytadi.
M.M. tuman tibbiyot birlashmasiga 5500000 so‘m pul olib kelib, N.T.ga 1500000 so‘m va chaqaloqning onasiga esa 2200000 so‘m pul hamda umumiy qiymati 500000 so‘mlik kiyimlarni beradi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
bola sotish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa