Turkiy davlatlar tashkiloti: Qishloq xo‘jaligi va agrosanoat sohasida hamkorlik bu davlatlarga nima beradi?

Tashkilotga a’zo davlatlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yagona platformani yaratish va undan foydalanish, a’zo davlatlar o‘rtasida agrosanoat majmualarini maqsadli muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish borasida tajriba va ilg‘or amaliyotlarni almashishni kengaytirishga imkon beradi.

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rustam Hasanov Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) doirasida qishloq xo‘jaligi va agrosanoat sohasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari haqidagi fikrlarini bildirdi.

R.Hasanovga ko‘ra, hamkorlik yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

– qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikning ishga solinmagan imkoniyatlarni baholash va TDT a’zolari hamda kuzatuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish;

– qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirishda texnik hamkorlik salohiyatlaridan samarali foydalanish, texnologiyalar almashinuvi orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va mintaqaviy sa’y-harakatlarni kuchaytirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

– a’zo davlatlar va kuzatuvchilar o‘rtasida texnologiyalarni yetkazish hamda tajriba, ilg‘or amaliyotlar va tegishli moslanuvchanlik bo‘yicha sa’y-harakatlarga ko‘maklashish;

– o‘simlik mahsulotlari va dorivor o‘simliklar ishlab chiqarish sohasida hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganib, farmatsevtika sohasini xomashyo bilan ta’minlash darajasini oshirish;

– a’zo davlatlar va kuzatuvchilar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, tayyor mahsulotlar savdosining muqobil yo‘llarini izlab topish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mintaqalararo maqbul savdosini oshirish imkoniyatlarini joriy etish;

- Turkiy davlatlar qishloq xo‘jaligi bozorida talab va taklif muvozanatini ta’minlash maqsadida mahsulot yetishtirish va bozorga taklif etishning savdo balansini yaratish.

TDT Samarqand sammitida yakunlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, investitsiyalar jalb etish, shuningdek, tajriba va bilim almashish, ilg‘or amaliyotlarni qo‘llash hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish borasida kelishuvlar amalga oshiriladi.