Turkiya teleradio kompaniyasi ijodkorlari Samarqandda

Registon maydonida “Ruminiyadan Turkistongacha” xalq taronalari ko‘rsatuvi ijodkorlari samarqandlik va turkiyalik san’atkorlar bilan ko‘rsatuv tayyorlashdi.

- Turkiya teleradio kompaniyasining musiqiy kanalida efirga uzatiladigan yangi dasturimizning nomi “Turkistondan Ruminiyagacha”, - deydi Turkiya teleradio kompaniyasi direktori Murod O‘zer. - Bu dastur keng qamrovli bo‘lib unda Turkiy davlatlar dunyosi va Bolqonlarni o‘z ichiga olgan. Ushbu ko‘rsatuv 13 bo‘limdan iborat bo‘lib, 6 va 7- bo‘limlari O‘zbekistonning go‘zal va qadimiy shaharlari ya’ni, Toshkent va Samarqandda tasvirga olindi. Biz samarqandlik san’atkorlarni tasvirga olyapmiz. Maqsadimiz turkiya kanallarida turkiy davlatlar milliy va xalqona taronalarni ko‘rsatish.