Turkiyada topilgan yangi neft konlari zaxirasi 70 milliard dollarga baholandi

Turkiya janubida topilgan yangi neft konlarida 70 milliard dollarlik “qora oltin” bor. Bu haqda Türkiye Petrolleri Anonim Ortaklığı rahbari Melih Xon Bilgin ma’lum qildi, deb yozadi Vesti.az.

Turkiyaning janubi-sharqida Cizre shahri yaqinidagi Gabar tog‘larida ochilgan quvvati kuniga taxminan 100 ming barrel bo‘lgan yangi neft konlari mamlakat byudjetiga kamida 70 milliard dollar daromad keltiradi, dedi konsern bosh direktori Melix Xan Bilgin.

"Konlarning salohiyati 1 milliard barrelga baholanmoqda. Turkiyada ilgari topilgan neft sifatsiz, yangi konning nefti esa "arabcha" sifatli va juda toza", - dedi Bilgin CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida.

Neft 2,6 km chuqurlikda joylashgani. Konlar hozirgidan ko‘proq neft qazib olish imkonini berishi: yillik byudjet daromadi 3 milliard dollarni tashkil etishi, ikki yil davomida kuniga 100 ming barrel neft qazib olish darajasiga erishish kutilmoqda.