Turkmaniston "jahannam darvozasi"ni o‘chirmoqchi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bu haqdagi fikrini yil avvalida aytgandi.
U ko‘p o‘tmay “do‘zax darvozasi”, ya’ni 50 yildan ortiq yonib turgan ulkan gaz krateri “atrof-muhit va aholi salomatligiga yetkazayotgan zarari” tufayli o‘chirishni buyurdi.
“Eksportdan katta foyda olish va undan xalqimiz farovonligini oshirishda foydalanish mumkin bo‘lgan xom ashyo yo‘q bo‘lmoqda,”, deya qo‘shimcha qildi va bu ishga olimlar, xorijlik maslahatchilarni jalb etishga chaqirdi.
2013 yilda mashhur kanadalik sayohatchi Jorj Koronis krater tubiga tushib, u yerda yuqori haroratda yashovchi eng noyob bakteriyalarni topdi. 2019 yilda prezident Gurbanguli Berdimuhamedov «jahannam darvozasidan»dan avtomobilda o‘tgan edi.
Darvoza Ashxoboddan 260 kilometr shimolda joylashgan bo‘lib, 1971 yilda gaz qudug‘ining qulashi natijasida hosil bo‘lgan diametri 60 metr va chuqurligi 20 metr bo‘lgan kraterdir. Gaz tarqalishining oldini olish uchun geologlar gaz bir necha hafta ichida yonib o‘chishiga ishonib uni yoqishgan edi.
Rasmiylar Darvozani o‘chirishga bir necha bor urinishgan bo‘lib, birinchi marta 2010 yilda muhokama qilingan edi.
Metan tashlanishi bo‘yicha dunyoda yetakchi
Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda beshinchi davlatdir. O‘tgan oy Rossiya Turkmanistondan gaz importini 2021 yilga borib ikki barobarga oshirishini e’lon qildi. Shuningdek, mamlakat Xitoyga xomashyo sotishni 40 milliard kub metrdan 100 milliard kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Turkmaniston iqtisodiyoti xomashyo eksportiga qattiq bog‘liq bo‘lganligi sababli, siyosatshunoslar Berdimuhamedovning "Do‘zax darvozasi"ni o‘chirishga buyruq berishining asosiy sababi - iqtisodiy, deya hisoblashadi.
Shu bilan birga, neft va gaz sanoati nafaqat mamlakat yoki mintaqa atrof-muhitiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Kayrros SAS monitoring kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda dunyodagi eng kuchli 50 ta metan chiqishining 31 tasi Turkmaniston ulushiga to‘g‘ri kelgan. Gazning umumiy chiqindilari bo‘yicha Markaziy Osiyoning ushbu kichik davlati Rossiya, AQSh, Eron va Iroqdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
"Bizda dunyo bo‘ylab juda katta (metan) emissiya xaritasi mavjud. Turkmaniston bu xaritada yetakchi o‘rinlardan biri, ammo Darvoza unda yo‘q", - dedi Euronewsga Kayrros konsalting kompaniyasi bosh tahlilchisi Antuan Xalff.
Karbonat angidrid (CO2) va metan chiqindilari iqlim o‘zgarishiga eng katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, metan, atmosfera tarkibidagi o‘zgarishlarga nisbatan qisqa muddatli hissasiga qaramay, sayyorani karbonat angidriddan o‘n barobar tezroq isitadi.
Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 2020 yilda Turkmanistonda neft va gaz chiqindilari yiliga 3,5 million tonna metanni tashkil etgan, bu - Darvazaning 50 yil davomida chiqargan chiqindilariga deyarli teng bo‘ldi. Xalfning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi asosiy muammo kraterning yonishida emas, balki eskirgan sovet uskunalaridir.
"Hozir kraterdan chiqadigan gaz yonmoqda va bu - Darvoza krateri Turkmanistondagi metan chiqindilarining asosiy manbai emasligining sababidir. Demak, gap ko‘proq karbonat angidrid chiqindilari haqida ketmoqda va metan chiqindilari hamon oshib bormoqda", deya tushuntirdi ekspert.
G.Xoldorova tayyorladi.