Uch oylik chaqalog‘ini 400 dollarga sotayotgan ona ushlandi

Joriy yilning 3 yanvar kuni IIV transportda XTBB xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Ohangaron” temiryo‘l bekati oldida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Ohangaron tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz G.I. o‘zining uch oylik chaqalog‘i V.I.ni 400 AQSh dollari evaziga “xaridor”ga sotayotgan vaqtida, xolislar ishtirokida ushlandi.

Hozirgi kunda V.I. Ohangaron shahar bolalar kasalxonasiga topshirilgan.

G.I.ga nisbatan Toshkent mintaqasi temiryo‘l transportida XTB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.