Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini 15 martdan soddalashgan tartibda ko‘chiradi
- 15.03.2022 15:27
- 12
- Ta’lim
Buning uchun viloyatimizda Samarqand davlat chet tillar instituti (97-393-00-93)ga murojaat qilishi mumkin
Davlatimiz rahbari raisligida 4 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa binoan Ukrainadan qaytib o‘qishini O‘zbekistonda davom ettirish istagi bo‘lgan talabalarning hujjatlari hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda.
Bu jarayonda talabalar yashash hududlarida tashkil etilgan ishchi guruhlarga (ilovada) murojaat qilishlari va batafsil ma’lumot olishlari so‘raladi.
Ma’lumot o‘rnida, shu kunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Tashqi ishlar vazirliklariga ushbu masalada murojaat qilgan fuqarolarning, xususan talabalarning xorijiy ta’lim muassasalari va yashash hududlari kesimida ro‘yxati shakllantirilib, hududlardagi ishchi guruhlarga yuborildi.