Ulkan odamlar: haqiqatmi, afsona?
Jahonning juda ko‘p xalqlarida o‘tmishda sayyoramizda ulkan odamlar yashagani haqida afsonalar saqlanib qolgan. Xo‘sh, chindan ham ular bo‘lganmi?
1889 yil Londonning “Pall Male Gazete” nashri kutilmaganda shov-shuvli maqola e’lon qildi. Unda aytilishicha, qo‘shni Fransiyada g‘ayrioddiy ulkan odam suyaklari topilibdi: Kyutesson qishlog‘ida yashovchi dehqon tomorqasida ishlayotganda yer o‘pirilib, 10 fut chuqiurlikdagi o‘raga qulab tushibdi va ulkan odam skletiga duch kelibdi. Topilmani o‘rgangan mutaxassislar bu joyda qachonlardir ulkan odamlar yashagan, degan xulosaga kelgan. Bunday xabarlarni boshqa matbuot nashirlarda ham uchratish mumkin.
Misol uchun, 1890 yil iyun oyida Londonning yana bir boshqa gazetasi “The Globeda” antropolig Jorj Vashe de Lapuj Kastel pole - Lez qishlog‘ida qadimgi qabristonda ulkan odam suyak parchalarini aniqlagan. Bu joy Fransiya janubidagi yirik shahar bo‘lgan Monpelle yaqinida ekan. Sklet bo‘yi 3,3 metr bo‘lgan odamga tegishli edi. 1894 yilda bu joylarda yana bo‘yi 3 metrdan 4,5 metrgacha bo‘lgan ulkan odamlar skletlari topilgan.
Hayratlanarlisi, bunday ulkan odamlar skletlari okean ortida - AQShda ham topilgan. Tadqiqotlar sayyoramizda o‘tmishda haqiqatan ham ulkan odamlar yashaganini ko‘rsatmoqda. Afsonaga aylanib ketgan bu xabarlar aslida haqiqat ekan. Hozirda sayyoramizning turli joylarida topilayotgan ashyoviy dalillar buni tasdiqlamoqda.
Endi tadqiqotchilar oldida bu ajdodlar qanday paydo bo‘lgan, qanday tarqalgan, nima bilan shug‘ullangan, degan savollarga javob topish vazifasi turibdi.
T.Shomurodov tayyorladi.