Urgut tumani hokimligi munosabat bildirdi
2019 yil 15 senyatbr kuni “Zarnews”da “Kanalizatsiya yoki ko‘chaga oqayotgan qo‘lansa oqavani kim to‘xtatadi?” sarlavhasi ostida berilgan maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Maqoladagi Navbog‘ mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar oqava tarmog‘i oldin tuzatib qo‘yilgan bo‘lib, faqat markaziy suvoqava kanalizatsiya tarmog‘idagi ta’mirlash ishlar hali to‘liq bitmagani uchun markaziy suvoqava tarmog‘iga ulanmagan edi.
2019 yil 16 sentyabr kuni tegishli tashkilotlarga topshiriq berilib, ular tomonidan ishlab chiqilgan xarajatlar smetasiga muvofiq 40 million so‘mga narxlangan ushbu kanalizatsiyani markaziy suvoqova kanalizatsiyasiga ulash bo‘yicha ishlarni “Binokor Star” MChJ boshladi.
Shu hududdagi uylarga xizmat ko‘rsatadigan "Zuhra-Sanam» hududiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari N.Obloqulov o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Uy-joy mulkdorlari shirkati yig‘ilishi bayonnomasiga binoan ushbu lavozimga Z.Sa’diyev saylandi.
Aniqlangan kamchiliklar hafta oxirigacha to‘liq bartaraf etiladi.