Urgut tumani Mirzabog‘lon-Chep mahallasida bayram tantanalari

Mustaqillik bayramining bu yil "Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!" shiori ostida o‘tkazilayotgani chuqur ma’noga ega. Boisi, 28 yil ichida nainki mamlakat, balki har bir yurtdoshimiz ongi va tafakkurida ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlarni ko‘z oldimizga keltirsak, istiqlolning chinakam mohiyati yaqqol ko‘rinadi.

Urgut tumani Mirzabog‘lon-Chep mahallasida o‘tgan bayram tantanalarida ham o‘z ifodasini topdi. Mahalla markazidagi amfiteatrda jam bo‘lgan davlat va jamoat tashkilotlari mas’ul xodimlari, san’atkorlar, ijod ahli, keng jamoatchilik vakillari, keksa-nuroniylar va yoshlar tinch-osoyishta, har kuni yangi zafarlarga boy yurtning qutlug‘ to‘yini masrur va shodumonlikda bayram qilishdi.