Urgutda 12 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
- 25.06.2021 16:19
- 185
- Jinoyat va jazo
Tumandagi “N.” oilaviy korxonasi rahbari S.N. “J.” agrofirmasi hududidagi limon yetishtirishga ixtisoslashgan 1,48 gektar yer maydonini fuqaro M.ga 12 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan.
Oldi-berdi vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, S.N. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
noqonuniy yer
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa