Urgutda ham noqonuniy ravishda haydovchilardan ulush olib kelgan zo‘ravonlar aniqlandi

Avvalroq Samarqand shahri va bir qator tumanlarda bir guruh sportchilarni jalb qilgan holda haydovchilardan "dolya" undirib kelgan zo‘ravonlar qo‘lga olingani xabar qilingandi. Viloyat IIB xabariga ko‘ra, bu kabi zo‘ravonlik holati Urgut tumanida aniqlangan.

Samarqand viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi hamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Urgut tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida, “Urgut savdo markazi” hududiga kiruvchi asosiy yo‘lni zo‘ravonlik va o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallab olib, ushbu bozorga kelgan haydovchilardan pul berishlarini talab qilib kelayotgan 10 nafar shaxslar qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.