Urgutdagi korxonaga xomashyo olib kelayotgan 73 ta yuk avtomashinasi Bosh prokuratura aralashuvi bilan Turkmanistondan O‘zbekistonga kiritildi

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direktori J.Haydarovning avtomobilda xalqaro yuk tashish uchun ruxsatnomalar o‘z vaqtida berilmayotganligi to‘g‘risidagi murojaati Bosh prokuratura tomonidan ko‘rib chiqildi

Aniqlanishicha, erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi hisoblangan  “Kamalak Tekstil” va “YEC Gilam” MChJlar nomiga kelayotgan 73 ta yuk avtomobillar (granula mahsulotlari ortilgan) Turkmaniston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun ruxsatnomasi (xalqaro yuk tashishlar uchun) bo‘lmaganligi sababli davlatlar chegarasida turib qolgan.

O‘rganishda, Transport vazirligi tomonidan jamiyatlarga qarashli  avtotransport vositalariga ruxsatnoma blankalarini berishda amaliy yordam so‘rab, qo‘shimcha 200 ta ruxsatnoma blankalari vakolatli organ “Turkmenavtoulaglari” agentligiga yuborilib, jamiyatlarga qarashli yuk avtomobillari belgilangan manzil - Samarqand viloyatiga to‘liq yetib kelishi ta’minlandi.

Bosh prokuratura tomonidan o‘rganish natijalari bilan  J.Haydarovning murojaati qanoatlantirilgan.