Ushbu hafta harorat pasayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston respublikasi gidrometeorologiya xizmati markazi 1-4 oktyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYaTI

Havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s. tezlikda esadi. 1-2 oktyabrda harorat kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja, 3-4 oktyabrda 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s. tezlikda esadi. 1 oktyabrda harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja, 2-4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s. tezlikda esadi. 1 oktyabrda harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja, 2-4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s. tezlikda esadi. 1-2 oktyabrda harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja, 3-4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, 1 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 2 oktyabrda ba’zi hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-4 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan kelgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s. tezlikda esadi. 1-2 oktyabrda harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23, 3-4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan kelgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s. tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.