Ustoz e’zozga loyiq

Har bir muvaffaqiyatimiz ortida bizga ta’lim bergan aziz ustozlarning mashaqqatli mehnati turibdi. Shuning uchun ham ular e’zozga loyiq.

1 – oktyabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan Narpay tuman hokimi o‘zi ta’lim olgan muallimasi, ta’lim sohasida uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriy pedagoglardan biri bo‘lgan ustoz Sojida Qalandarovaning holidan xabar oldi.

Ta’lim fidoyisi bo‘lgan ustozini kasb bayrami bilan qutlash barobarida unga sovg‘a-salomlar ham ulashdi.

Shundan so‘ng, ilk boshlang‘ich ta’lim bergan marhuma ustozi bo‘lmish, Mohira Xudoynazarovaning xonadonida bo‘ldi.

Xonadon oila a’zolaridan xabar olib, bayram bilan qutladi. Shu qatorda, o‘tgan ustozi xotirasiga duolar qilib, qur’on tilovat o‘qildi.