“UzAuto Motors” avtomobillarini 10 million so‘mgacha keshbek ko‘rinishidagi foyda bilan xarid qiling
Faqat karantin davrida kompaniya “Spark”, “Nexia”, “Cobalt” va “Lacetti” avtomobillarini xarid qilgan xaridorlar uchun 3,9 million so‘mdan 10,2 million so‘mgacha keshbek olishni taklif qiladi.
Bizning dilerlarga hozir qo‘ng‘iroq qilib, avtomobil buyurtma qiling, 100 foiz oldindan to‘lovni amalga oshiring va avtomobilingiz yetkazib berilayotganda sizga quyidagi hajmda mablag‘ingiz qaytarib beriladi:
- “Spark” – 3,9 dan 6,3 million so‘mgacha
- “Nexia” – 4,6 dan 7,4 million so‘mgacha
- “Cobalt” – 5,1 dan 8,3 million so‘mgacha
- “Lacetti” – 6,3 dan 10,2 million so‘mgacha.
Kompaniya sizning kutganingiz evaziga to‘lov amalga oshirishga tayyor – keshbek hajmi avtomobilning yetkazib berish muddatiga bog‘liq.
Mazkur taklif yetkazib berish muddati 2020 yilning sentyabr oyidan dekabr oyiga qadar bo‘lgan avtomobillar uchun yangidan tuzilayotgan shartnomalarga amal qiladi.
Batafsil ma’lumotlar uchun dilerlik korxonalarining ushbu havolada ko‘rsatilgan Call-Markazlariga murojaat qiling: http://uzautomotors.com/price/diler_call_markazi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda hukm surayotgan karantin davrida siz avtomobilni uydan chiqmasdan, onlayn rejimda xarid qilishingiz mumkin!
Diqqat: Hurmatli xaridorlar, mazkur aksiyalarning shartlari o‘zaro hamda "Kapitalbank" va "Infinbank", shuningdek, "O‘zavtosanoat-Lizing"ning maxsus takliflariga aloqador emas!