UzAuto Motors qo‘shimcha avtomobillar bilan aksiyani davom ettirmoqda
UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarga avtomobil xaridida qulaylik yaratishda davom etadi. Endilikda kompaniya taqdim etayotgan qulay aksiya doirasida “Cobalt” hamda “Malibu 2 Turbo” avtomobilini ham muddatli to‘lov shartlari asosida xarid qilishingiz mumkin.
Aksiya doirasida quyidagi avtomobillarni ko‘rsatilgan davrlar mobaynida oyma-oy to‘lash evaziga muddatli to‘lov asosida xarid qilish mumkin:
— Spark MT — 2,0 mln. so‘mdan (12 oy)
— Spark AT — 2,3 mln. so‘mdan (12/24 oy)
— Nexia AT — 2,6 mln. so‘mdan (12/24 oy)
— Cobalt AT — 2,8 mln. so‘mdan (12/24 oy)
— Tracker MT/AT — 3,8 mln. so‘mdan (18/30/36 oy)
— Malibu 2 Turbo — 5,1 mln. so‘mdan (18 oy)
— Malibu 1,5 Turbo — 5,6 mln. so‘mdan (18/30/36 oy)
— Trailblaizer — 4,9 mln. so‘mdan (24/30/36 oy)
Aksiyaning asosiy shartlari:
— Boshlang‘ich to‘lov: avtomobil narxidan 40 foizdan 70 foizgacha;
— To‘lov muddati: 12 dan 36 oygacha.
— Aksiya amal qilish muddati: 2020 yil 15 iyun (ushbu sana ham kiradi).
Diqqat: oyma-oy to‘lanadigan summa boshlang‘ich to‘lov hajmi hamda muddatli to‘lov davriga qarab o‘zgarib boradi.
Aksiya jismoniy va yuridik shaxslar uchun amal qiladi.
Batafsil ma’lumotlarni kompaniyaning Call-Markazi +998 78 141-77-77 hamda rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.
Aksiya doirasida qatnashayotgan avtomobillarning narxlari muddatli to‘lov evaziga amaldagi narxlardan farq qilishi mumkin.