«UzAuto Motors» yangi avtomobil modellarini ishlab chiqaradi

“UzAuto Motors” kompaniyasida boshqaruv va ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich o‘zgartirish ishlari doirasida, yagona platformadagi yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Investitsiyalar hajmini optimallashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beruvchi ushbu platforma asosida, bir nechta modellarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Birinchi bosqichda Chevrolet Onix hamda Tracker modellari.

Chevrolet Onix va Tracker modellarini o‘zlashtirish doirasida ishlab chiqarish imkonini beradigan o‘rnatish va ishga tushirish ishlari joriy yilning 15 iyul sanasidan – 21 avgust sanasigacha rejalashtirilgan.

«UzAuto Motors»ning Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislar jalb qilindi.

«Shu o‘rinda alohida ta’kidlaymiz, «UzAuto Motors» tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha barcha shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlaydi. Rejalashtirilgan modernizatsiya ishlari oldindan tuzilgan transport vositalarini yetkazib berish jadvaliga ta’sir qilmaydi», deyiladi kompaniya axborot xizmati xabarida.