"Uzbekistan Airways" Seulga parvozlar sonini oshirmoqda
- 20.04.2022 11:59
- 40
- O‘zbekiston

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi "Toshkent – Seul – Toshkent" xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar soni oshirilayotgani haqida xabar berdi.
Ayni paytda mazkur yo‘nalishda aviaqatnovlar haftaning payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilmoqda.
2022 yil 3 maydan boshlab, ushbu yo‘nalishda haftaning seshanba kunlari ham parvozlar bajariladi.
Davlatga kirish uchun yo‘lovchilar PZR-testining salbiy natijasini (amal qilish muddati 48 soat) taqdim etishlari kerak.
Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.