Vaksina olgan ayollar uch yilgacha farzand ko‘ra olmaydimi?
- 02.08.2021 16:44
- 635
- COVID-19
Ushbu savolga AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida javob berildi.
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulovaning aytishicha, vaksina qabul qilish insonning farzand ko‘rish qobiliyatiga umuman ta’sir o‘tkazmaydi.
Bugungi kunda koronavirusga qarshi emlangandan keyin homilador bo‘lgan ayollar bor va ularning ahvoli muntazam nazorat qilib borilmoqda.
Dastlabki emlash bosqichlaridan buyon 7-8 oy vaqt o‘tdi va shu davr mobaynida birorta ayolda nojo‘ya ta’sir kuzatilmagan. Eng muhimi, vaksina olgani ularning homilador bo‘lishiga hech qanday to‘sqinlik ko‘rsatmagan.
Teglar:
koronavirus vaksina
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 32 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand