Vakillarimiz jahon shaxmat Olimpiadasida 2-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 28 oktyabridan 5 noyabrigacha Turkiyaning Chorum shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan shaxmatlar o‘rtasida jahon shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yurtimiz sharafini xalqaro toifadagi grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, FIDE sport ustasi Ali Qosimov, Muhiddin Madaminov, xalqaro toifadagi sport ustasi Umida Omonova munosib himoya qildi. Vakillarimiz turnirda qatnashgan 250 nafardan ortiq ishtirokchi orasida jamoaviy hisobda 15 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni egalladi.

Olimpiada 9 turdan, shveysarcha tizim bo‘yicha o‘tkazildi. Birinchi o‘rin 16 ochko to‘plagan Ozarbayjon terma jamoasiga, uchinchi o‘rin 14 ochko jamg‘argan Belarus jamoasiga nasib etdi.