Vatin ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi
2019 yil 10 oktyabr kuni soat 17:25 da Samarqand shahri G.Karimova ko‘chasi, 7-uyda joylashgan “Tolib Orzu Tekstil” MChJga qarashli vatin ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Xabar asosida yong‘inni bartaraf etishga beshta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar voqea joyiga 6 daqiqada yetib borganda vatin ishlab chiqarish sexining bostirmasi yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Yong‘in soat 18:20 da o‘rab olinib, 20:30 da bartaraf etilgan. Yong‘indan ishlab chiqarish sexining 150 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasining xabar berishicha, tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.
Yong‘in oqibatida chiqindilarni yig‘ish ombori bostirmasida saqlanayotgan ikkilamchi xomashyo chiqindilar to‘plami 150 kvadrat metr maydonda yongan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.