Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan “Bir kamar, bir yo‘l” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik forumida ma’ruza qildi

Bugun delegatsiyamiz tashrif dasturi doirasida Xenan provinsiyasining Chjenchjou shahrida o‘tkazilayotgan “Bir kamar, bir yo‘l” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik forumida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

12 davlat rasmiy vakillari va  400 ga yaqin ishbilarmonlar ishtirok etayotgan mazkur forumda Samarqand viloyati investitsiya, savdo-eksport va turizm salohiyati yoritib berildi. Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Samarqand haqidagi ma’ruza va taqdimoti forum ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olindi. Delegatsiya a’zolari xorijiy kompaniya vakillari bilan muzokaralar olib borishdi.

Ular 10-12 aprel kunlari o‘z faoliyatini Shandun provinsiyasining Szinan, Shouguan va Sindao shaharlarida davom ettiradi.