Viloyat hokimi Past Darg‘omda sayyor qabul o‘tkazadi

Viloyat hokimi E.Turdimovning navbatdagi sayyor qabuli 13 fevral soat 09.00 dan boshlab Past Darg‘om tuman hokimligida o‘tkaziladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Sayyor qabul jarayonida viloyat hokimiga fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarga tezkor yechim topish maqsadida 100 dan ortiq viloyat korxona va tashkilotlari rahbarlari ham tumanga boradi.  Bildirilgan har bir murojaat viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olinadi.

Shu paytgacha viloyat hokimining Samarqand shahri, Bulung‘ur va Paxtachi tumanlarida o‘tkazilgan sayyor qabullarida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning 87-90 foizi ijobiy hal etilgan.