Viloyat Kengashining 62-sessiyasi 22 aprelda o‘tkaziladi
Bu viloyat hokimi E.Turdimovning bugun, 15 aprelda qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmish ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
22 aprel kuni soat 9:00 da chaqirilishi belgilangan sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyatda davlat byudjeti va mahalliy byudjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi to‘g‘risida viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning hisoboti;
- viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i N.Sulaymonovning viloyatda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish bo‘yicha I chorak yakuni bilan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hisoboti;
- viloyat hokimligi ijro-nazorati guruhi rahbari Z.Rahimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan axboroti;
- Narpay tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.Rahmonov va sektor rahbarlarining tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholashning reytingi ko‘rsatkichlariga ko‘ra tumanning ivojlanish holatini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturining ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-43-sonli qarorining ijrosi yuzasidan viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inog‘omovning hisoboti;
- viloyatda qurilish sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i L.Hamidovning hisoboti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi “2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-98-sonli qaroriga asosan 2023-2025 yillarda amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi loyihalari taqdimoti to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.