Viloyat rahbariga bildirilgan murojaatlarning 51 foizi hal etildi

Viloyat hokimi E.Turdimov joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Past Darg‘om, Narpay hamda Payariq tumanlarida “Sayyor qabul” o‘tkazgandi.

Ushbu qabullar natijalari bo‘yicha viloyat hokimligidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bildirilgan 1108 murojaatning 563 tasi ijobiy hal etilgan. 352 nafar murojaatchiga tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berilgan, 63 ta ariza qonunga zid bo‘lgani bois rad etilgan. Qolgan 132 masalaga yechim izlanmoqda.

Sayyor qabullardagi murojaatlarning 99 tasini uy-joy, 90 tasini elektr ta’minoti, 85 tasini kredit, 82 tasini yo‘l, 37 tasini gaz ta’minoti hamda ishsizlik masalalari tashkil etgan.