Viloyat sudlari raislari Urgutda sayyor qabul o‘tkazdi

Tuman Xalq qabulxonasida viloyat sud raislarining fuqarolar bilan uchrashuvi, sayyor qabuli va sayyor sud majlislari tashkil qilindi.

Sayyor qabul jarayonida 18 nafar fuqarolar sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaat qilishdi.

7 ta jinoyat ishlari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, ijobiy hal qilindi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha qilingan 3 ta, iqtisodiy ishlar bo‘yicha 2 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Ma’muriy ish bo‘yicha sudlarga bildirilgan 6 ta murojaatlar ham qanoatlantirilib, ijobiy hal qilindi.

Viloyat sudlari tomonidan tashkil etilgan sayyor sudlarda 5 nafar shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi. Shuningdek, 2 nafar shaxslarning sudlanganlik holati tugatilib, ma’muriy ishlar yuzasidan 4 nafar shaxsga nisbatan ishlar tugatildi.

Sanksiya doirasida ko‘rsatilgan jazodan ham 2 nafar shaxsga nisbatan yengil jarima jazolari tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi.