Viloyatdagi korxonalarning soliq qarzi 425,8 milliard so‘mga yetgani aytildi
Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 2021 yil 1 noyabr holatiga byudjet oldidagi soliq qarzi 425,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 137,8 mlrd. so‘mga o‘sgan.
Qarzdorlik Kattaqo‘rg‘on tumanida 23,9 mlrd, Toyloq tumanida 2,8 mlrd, Nurobod tumanida 514,8 mln, Paxtachi tumanida 155,6 mln. so‘mga oshgan. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ma’lum qilindi.
Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda 97,3 mlrd. so‘m soliq qarzi undirilgan. Belgilangan muddat ichida qarzdor tomonidan to‘lab berilmagan 185,8 mlrd. so‘mlik soliq qarzdorliklari bo‘yicha qarzdorlarga tegishli bo‘lgan mol-mulklar xatlangan.
Shuningdek, 694 ta holatda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarning mazkur soliq turi bo‘yicha 436,6 mlrd. so‘mlik ijobiy farq summalari ularning bank hisob raqamlariga qaytarilgan.
Bundan tashqari, 4 134 ta holatda 45,4 mlrd. so‘mlik ortiqcha to‘lovlar soliq to‘lovchilar bank hisob raqamiga qaytarilgan.