Virtual suv nima?
Hayotiy tajriba va kuzatishlarimiz natijasida sho‘r suv, muzlagan suv, toza ichimlik suvi, texnik suv, loyqa suv haqida eshitganmiz. Ammo virtual suv tushunchasi haqida sizning xabaringiz bormi?
Virtual suv biz har kuni istemol qiladigan oziq-ovqatlarni yetishtirish uchun ketgan suvning hajmidir. Masalan, bir kilogramm bug‘doy yetishtirish uchun (lalmi bo‘lmagan) 1000 litrga yaqin suv sarflanadi. Ya’ni mazkur bir kilogramm bug‘doy uchun virtual suv - 1000 litrga teng. Mutaxassislarning hisob- kitobiga ko‘ra, bitta odamning virtual suv istemol qilish hajmi bir kunda 1 m kub, yashab qolish uchun 2,6 m kubni tashkil etadi.
Dunyodagi 92 foiz ishlatiladigan suv hajmi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Suv ko‘p istemol qiladigan g‘alla, sholi va makkajo‘xori yetishtirishga jahondagi chuchuk suvning 27 foizi sarflanadi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, go‘sht ishlab chiqarishga 22 foiz, sutga 7 foiz suv sarflanishi aniqlangan.
Turg‘unboy Xidirov tayyorladi.