Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 61-sessiyasi 8 aprel kuni o‘tkaziladi
Bu Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning 2022 yil 1 apreldagi "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmish birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Qarorida belgilandi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltmish birinchi sessiyasi 2022 yil 8 aprelm kuni soat 9:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masala kiritilgan:
- viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqovning viloyatda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;
- viloyat hokimligi ijro-nazorati guruhi rahbari Z.Rahimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni ijrosi yuzasidan hisoboti;
- yoshlarga oid davlat siyosatining viloyatda amalga oshirilishini reyting baholashning natijalari to‘g‘risida Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i H.To‘xtayevning hisoboti to‘g‘risida;
- Narpay tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.Rahmonov va sektor rahbarlarining tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholashning reytingi ko‘rsatkichlariga ko‘ra tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturining ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti;
- Toyloq tumanida mahallabay ishlash va mahallalardagi hokim yordamchilar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Toyloq tumani mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari J.Tursunovning hisoboti;
- xalq deputatlari viloyat Kengashida bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov o‘tkazish to‘g‘risida;
- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, bosh yuriskonsulti va bosh mutaxassislarining funksional vazifalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimotni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan maqsadli foydalanish to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.