Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltmish uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

Samarqand viloyati hokimining QARORI

 “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17, 24-moddalariga asosan QAROR   QILAMAN:

1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltmish uchinchi sessiyasi 2019 yil 5 aprel kuni soat 10.30 da chaqirilsin.

2. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltmish uchinchi sessiyasi kun tartibi muhokamasiga quyidagi masalalar kiritilsin:

2019 yil I choragida viloyat mahalliy byudjetining kutilayotgan ijrosi hamda 2019 yil  II choragi byudjet parametrlari to‘g‘risida;

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasini tuzish to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Samarqand viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakilligi inson va fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha 2018 yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti;

Samarqand viloyatidagi 4 ta sektor rahbarlarining 2019 yilning
I choragi davomida o‘zlari rahbarlik qilayotgan hududda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil
11 yanvardagi Samarqand viloyatiga tashrifi bayonida belgilangan vazifalarning ijrosi to‘g‘risida.

Tashkiliy masala.

Boshqa masalalar.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

 

Viloyat hokimi                                                E.TURDIMOV.

2019 yil 1 aprel №120-Q