Xalq deputatlari viloyat Kengashining 65-sessiyasi 10 iyun kuni bo‘ladi
Bu haqda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov bugun, 3 iyun kuni "Xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmish beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Qarorida ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmish beshinchi sessiyasi 2022 yil 10 iyun kuni soat 9:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqovning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni bajarilishi yuzasidan hisoboti;
- Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 apreldagi “2022-2026 yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 222-son qarori ijrosi yuzasidan harakatlar rejasining ijrosi to‘g‘risida;
- viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy axborot kommunikatsiyalari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i R.Qobilovning turizm xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisoboti;
- viloyat hokimligi ijro-nazorati guruhi rahbari Z.Rahimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son farmoni ijrosi yuzasidan axboroti;
- viloyat saylov komissiyasi raisi S.Nuriyevning xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga bo‘shab qolgan o‘ringa 2022 yil 29 may kuni o‘tkazilgan saylov natijasi to‘g‘risidagi axboroti;
- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2021 yil 31 avgustdagi VI-41-41-7-0-K/21-sonli “Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarini qayta tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022 yil 18 martdagi “Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi VI-59-63-7-0-K/22-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
- Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 911-son qaroriga muvofiq davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yishga ruxsat berish to‘g‘risida;
- davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazish to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.